Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn darslar uchun to‘lov undiriladimi?

Onlayn darslar uchun to‘lov undiriladimi?

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifing davomida onlayn darslar uchun to‘lov masalasida yo‘llangan savolga javob berildi.

— Xususiy maktab rahbariman, karantin davrida barcha o‘quvchilarga ruxsat berdik, lekin onlayn darslar tashkil etyapmiz. Unga o‘qituvchilarimizni jalb qilib, oylik to‘layapmiz. Ota-onalardan to‘lovning 40 foizini so‘rayapmiz, lekin ota-onalar norozilik bildirmokda. Bu bo‘yicha izoh bersangiz?

— Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiq, o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan nodavlat umumta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

Karantin munosabati bilan nodavlat umumta’lim tashkiloti tomonidan onlayn shaklda dars mashg‘ulotlari tashkil etilayotgan bo‘lsa, tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga qo‘shimcha kelishuv imzolash orqali darsni tashkil etish shakli hamda to‘lov miqdorini shunga mutanosib ravishda belgilash yuzasidan tomonlar kelishib olishlari maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, ayrim nodavlat umumta’lim tashkilotlarida o‘qishdan tashqari ta’lim oluvchilarni ovqatlantirish ham amalga oshiriladi. Yangi to‘lov miqdorini belgilashda ovqatlantirish va ta’lim oluvchi bilan yakka tartibda ishlash xarajatlari chegirib tashlanadi.

Ayrim xususiy ta’lim muassasalari tomonidan o‘quvchilar uchun tashkil etilayotgan masofaviy darslar xususiy maktabning o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgani va buning uchun ularga xususiy maktab rahbari tomonidan oylik maosh to‘lanayotgani sababli ota-onalar farzandining badal to‘lovini taxminan 50 foizini to‘lashlari maqsadga muvofiq.

Darsni tashkil etish shakli yoki to‘lov miqdori bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma tomonlar roziligi yoki nizo bo‘lganda sud tartibida bekor qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring