Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn-qimorga 160 mln so‘m tikkan ikki xorazmlik yutqazdi...

Onlayn-qimorga 160 mln so‘m tikkan ikki xorazmlik yutqazdi...

Kollaj: Xabar.uz

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi O.R. va uning tanishi S.B. pullarini qimorda yutqazganlaridan so‘ng IIBga murojaat qilishdi.

Ularning aytishicha, tumandagi «Ishchilar» mahallasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar o‘ynash uchun ijaraga olingan binoga borishgan. Ular bu yerda tanishgan ikki fuqaro katta miqdordagi pullarni (jabrlanuvchilarga) yutib berishni va’da qilib, birinchi marta 5 000 000 so‘m foyda bilan pullarini qaytarib berishgan. Yana o‘ynashsa foyda bundan ancha ko‘p bo‘lishini aytib, ularning 160 million so‘m pullarini olib, onlayn-qimor o‘yinlariga tikishgan, yutqazishgan va g‘oyib bo‘lishgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn-qimor o‘yinlarini tashkillashtirgan va pullarni yutqazib qo‘ygan shaxslar Hazorasp tumanida yashovchi A.U. (1992-y.t.) va S.V. (1993-y.t.) ekanligi aniqlangan.

A.U. va S.V.ga nisbatan O‘zR JKning 278-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring