Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo bilan Yevropani bog‘lovchi mamlakatga sayohat! (foto)

Osiyo bilan Yevropani bog‘lovchi mamlakatga sayohat! (foto)

Foto: Xabar.uz

Birinchi kun. «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasini tashkil etgan Turkiya madaniyat va turizm agentligi chorlovi bilan o‘zbekistonlik bir guruh jurnalist va blogerlar ushbu mamlakatga tashrif buyurdi. Ular orasida Xabar.uz muxbiri ham bor.

Turkiya – Osiyo bilan Yevropani bog‘lovchi mamlakat. Turizmni rivojlantirish uchun qanday imkoniyat bo‘lsa, undan oqilona foydalaniladi. Misol uchun, butun dunyoga xavf solib turgan pandemiya sharoitida ham yuqorida nomi tilga olingan loyiha amalga oshira boshlandi.

O‘rganadigan jihatlar ko‘p. Hatto charter reys bilan bir muddat mamlakatda bo‘ladiganlar ham shahar bo‘ylab sayohatlarga taklif etiladi.

Istanbulda yirik ikkita aeroport bor. Bu yerdan dunyoning barcha nuqtalariga parvozlar amalga oshiriladi. Hozirgi sharoitda shaxsiy gigiyena masalasi va kasallik yuqtirmaslik uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhim jihat - tarixiy ob’yektlar qanday yaratilgan bo‘lsa, shunday saqlashga e’tibor kuchli. Masalan, Usmoniylar xalifaligining so‘nggi sultonlari yashagan va faoliyat olib borgan «Bog‘chasaroy» o‘zining salobati, arxitekturasi bilan mashhur.

Saroydagi barcha jihozlar, osori-atiqalar asl holicha saqlangan. Taqsim maydoni, yer qa’rida joylashgan metro, tor ko‘chalarda harakatlanayotgan dastlabki travmay, umuman olganda, barchasida sayyohatchilar va mamlakat aholisi uchun qulaylik yaratish birinchi o‘rinda turadi.

Eng qizig‘i, 16 millionlik aholi istiqomat qiladigan Istanbulda 3 mingta masjid, 40 ta oliy o‘quv yurti bor. Mamlakatdagi eng birinchi teatr ham shu qadimiy shaharda ochilgan.

Bosfor bo‘g‘ozi, Qora dengizda harakatlanayotgan suv transportlari kishini hayratga soladi.

«Suv taraqqatiyotga eltuvchi oltin yo‘l». Mana shu oltin qoida Turkiyaning turizm yo‘nalishida eng yetakchi mamlakatlardan biri ekanligini isbotlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring