Otabek Umarov triatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi
![Otabek Umarov triatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi](https://xabar.uz/static/crop/1/1/920__95_1170934936.jpg)
Bugun, 7-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston triatlon federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Unda tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala — federatsiya raisi va unga birinchi o‘rinbosar saylash jarayoniga o‘tildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimga Otabek Muhammadaliyevich Umarov nomzodi ilgari surildi.
Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Shu tariqa, O.Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
O.Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farrux Nosirov nomzodi ilgari surilib, u ham bir ovozdan yangi lavozimga saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter