Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili «Tez yordam»ga 2,7 mingdan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushgan – SSV

O‘tgan yili «Tez yordam»ga 2,7 mingdan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushgan – SSV

2024-yil davomida «103» xizmati, ya’ni «Tez yordam»ga jami 2 713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning ayni shu davri bilan taqqoslansa, qariyb 792 taga kamaygan.

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 645 tani tashkil etgan. Yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo (436 ta) va Farg‘ona (259 ta) viloyatlari band qilgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan — 17 ta.

Eslatib o‘tamiz, bu borada 2023-yil yakunlari bo‘yicha «peshqadam» 630 ta yolg‘on chaqiriq bilan Toshkent viloyati bo‘lgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring