O‘tgan yili xorijdan qancha o‘zbekistonlik jasadi olib kelingani ochiqlandi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘tgan bir yillik faoliyatiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi;
- 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
- 358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
- Xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
- 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
- Og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 984,1 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter