«O‘zagroeksportbank» tijorat banki raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Aziz Akmalovich Valiyev «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zagroeksportbank» ATBning asosiy vazifasi shu jumladan, agrosanoat tarmoqlari tashkilotlariga va uning infratuzilmasiga kompleks ravishda kredit-hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter