«O‘zbekiston 24» yana Chorvoqdagi «dacha»lar masalasini ko‘tardi (video)
«O‘zbekiston 24» telekanalida yana Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan dala-hovlilar masalasi bo‘yicha lavha namoyish etildi. Unda internetda «Chorvoqdagi dala-hovlilar buzilayotgan emish» degan gap-so‘zlar tarqalgani, bu shov-shuv bugunning mavzusiga aylangani haqida so‘z boradi.
Lavhada Chorvoqdagi asl vaziyat qanday, dala-hovlilar nega buzilmoqda, buzilayotgan uylarning tovoni to‘lab berilayaptimi, degan savollarga javob axtarilgan, bo‘stonliklarning dardi tinglangan.
O‘tgan galgi lavhada Chirchiq daryosining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, dala-hovlilar namoyish etilgan edi. Afsuski, vaziyatni yaqindan o‘rganishning imkoni topilmagani uchun ham davla-hovlilarning ichiga kirishning iloji bo‘lmagan edi. Bu galgi o‘rganishlarda tuzilgan ishchi guruhning sa’y-harakati bilan dala-hovlilar birma-bir ko‘zdan kechirilib, vaziyatga oydinlik kiritildi. Yuzaga kelgan holat ob’yektiv namoyish etilgan.
Ushbu lavhani ko‘rishni tavsiya etamiz, zero, ayrim «tadbirkor»larning noinsofligi, ona tabiat va Chirchiq daryosiga nisbatan qilayotgan ayanchli munosabati xolis yoritilgan. Xulosa esa o‘zingizdan!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter