Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor axborot: O‘zbekistonga sovuq ob-havo oqimi kirib keladi

Tezkor axborot: O‘zbekistonga sovuq ob-havo oqimi kirib keladi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 5-8-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8 noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqachani, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-6-noyabr kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5-7 noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzagakelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring