Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston BMTning Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida — Prezident

O‘zbekiston BMTning Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar uchun huquqiy kafolatlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, investorlar huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qilish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish ishlari boshlangan. Markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi.

Yangi markaz ishtirokchilari uchun foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona bojlari bo‘yicha 0 foizlik stavkalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati kafolatlanadi.

Prezidentga ko‘ra, markaz hududida Angliya huquqiga asoslangan maxsus huquqiy tartib joriy etilib, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi. Unda xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, investitsion nizolarni sudgacha hal etishning muhim vositasi bo‘lgan mediatsiya tizimini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston BMTning Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring