Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston fuqarosi vahshiy qotillik uchun 15 yilga qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi vahshiy qotillik uchun 15 yilga qamaldi

Foto: «Ufa onlayn»

Boshqirdistonning Ufa shahrida O‘zbekistonda tug‘ilgan 24 yoshli fuqaro 15 yilga qamaldi. Sud unga Nijegorod mikrorayonidagi qotillik uchun hukm chiqargan. Bu haqda «Ufa onlayn» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2018-yil 20-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi sherigi bilan bir kafeni tunamoqchi bo‘lgan. U oldin shu yerda ishlagan bo‘lib, ichkariga qanday kirishni bilgan.

Qo‘shni bino orqali kafega kirayotganlarida bir fuqaro ko‘rib qolgan va politsiya chaqirishini aytib qo‘rqitgan. 24 yoshli o‘zbek uning bo‘yniga pichoq tortgan. Jabrlanuvchi hodisa joyida jon taslim qilgan.

Shundan keyin u kafega kirib, 38 ming rublga teng miqdordagi qimmatli buyumlarni o‘g‘irlagan. Sudlanuvchi aybiga to‘la iqror bo‘lgan. Boshqirdiston sudi unga qattiq tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tash uchun 15 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Sudda aniqlanishicha, sudlanuvchi halok bo‘lgan fuqaroning ukasiga 1 mln. rubl miqdorida tovon puli ham to‘lagan.

Jinoyat fosh etilishiga shu atrofda bo‘lgan taksichi sabab bo‘lgan. Qotilning jinoiy sherigi haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring