Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston aholisi har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda

O‘zbekiston aholisi har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda

2023-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan. Joriy yil boshidan buyon esa 172,8 ming kishiga ko‘paygan.

Bu O‘zbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga, har bir kunida esa o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘payyapti, deganidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring