Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Foto: «Dunyo» AA

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 1-may kuni Dehli shahriga insonparvarlik ko‘magi yetkazildi.  Bu haqda «Dunyo» AA  xabar bermoqda.

Mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yuklari Dehli aeroportida mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov tomonidan mazkur mamlakat Qizil Xoch jamiyati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakillariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston 2020-yilda O‘zbekistonga COVID-19 bilan og‘rigan odamlarni davolash uchun ishlatiladigan tibbiy preparatlar, jumladan, gidroksiklorokin tabletkalari va boshqa dori-darmonlar yuborgan edi. 2021-yilning mart oyida O‘zbekiston COVAX tashabbusi doirasida Hindiston zardob instituti tomonidan ishlab chiqarilgan 660 ming doza vaksinani qabul qilib oldi.

So‘ngi vaqtlarda Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashdi. O‘tgan sutkada 3689 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring