O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini yaxshiladi

«Speedtest Global Index» ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi oshgan.
«Spot»ning xabar berishicha, «Speedtest.net» internet servisi an’anaviy «Speedtest Global Index» reytingini e’lon qilgan. Unda 2018-yil fevral yakunlari bo‘yicha dunyodagi simli va simsiz internet tezligi ma’lumotlari joy olgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha yanvar oyidagi ko‘rsatkichini bir pog‘onaga yaxshiladi va 120-o‘ringa (6,56 Mbit/s) ko‘tarilib oldi.
Simli internet reytingida esa O‘zbekiston avvalgi oyga nisbatan ikki o‘ringa yuqorilab, 124-pog‘onani (6,39 Mbit/s) band etgan.
Reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha Norvegiya (62,07 mbit/s), simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur (161,53 mbit/s) yetakchilik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter