Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Iroqqa yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekiston Iroqqa yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Al-Kuvayt shahrida joylashgan) Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat Prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Iroq yetakchisi Abdullatif Rashid Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga oldi.

Suhbat yakunida prezident Abdullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida Al-Kuvayt shahriga tashrif buyurgan edi.

Manba: dunyo.info

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring