Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston» mehmonxonasi narxi yana arzonlashdi

«O‘zbekiston» mehmonxonasi narxi yana arzonlashdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «O‘zbekiston» mehmonxona kompleksini sotish bo‘yicha oshkora tanlov savdolariga taklif etdi.

«Otel O‘zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasi ustav kapitalidagi davlat ulushi yer va unda joylashgan infratuzilma ob’yektlari hamda «O‘zbekiston» mehmonxona kompleksi binosidan 99 yil davomida foydalanish (tasarruf etish huquqisiz) huquqi shaklida shakllantirilgan.

Mazkur ob’yekt davlat ulushining boshlang‘ich narxi 10 foizga pasaytirilib, 29,7 mln. AQSh dollari etib belgilandi.

Investitsiya majburiyatlariga ko‘ra, majmuani sotib olgan investorga ikki yil ichida 100 milliard so‘m miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi ya’ni mehmonxona xizmati ko‘rsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlashi va boshqaruvga eng ilg‘or menejerlarni jalb qilishi talab etiladi.

Toshkent shahrining qoq markazida joylashgan ushbu majmuaning umumiy yer maydoni 17.482 m2 ni tashkil etadi. Bino 17 qavatdan iborat bo‘lib, jami 315 ta xonasi mavjud. Ular 83 ta bir kishilik (standart), 60 ta 1 kishilik (yaxshilangan), 59 ta yarim lyuks standartdagi (ikkita yotoqli), 105 ta ikki kishiga mo‘ljallangan (twin) hamda 7 ta lyuks shuningdek 1 ta (grandlyuks) xonalaridir.

Mehmonxona majmuasida 2 ta 330 kv.m kenglikdagi anjumanlar zali hamda 2 ta 2 020 kv.m kenglikdagi 550 o‘ringa mo‘ljallangan banket zallari mavjud. Shuningdek, minibar, restoran, savdo va valyuta ayirboshlash shoxobchalari, sport xonasi, sauna, basseyn, avtoturargoh, bepul internet xizmatlari ko‘rsatiladi.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring