O‘zbekiston mudofaa vaziri tayinlandi
Prezident farmoni bilan mudofaa vaziri tayinlandi.
Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. U DXX rahbarligiga o‘tkazilgan Bahodir Qurbonov o‘rnini egallaydi. Bahodir Qurbonovga esa navbatdagi maxsus general-polkovnik harbiy unvoni berildi.
DXX sobiq rahbari Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter