Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Homidov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Homidov vafot etdi

Foto: Namangan viloyati hokimligi.

Namangan viloyati jamoatchiligi og‘ir judolikka uchradi: O‘zbekiston Qahramoni, umrini qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga bag‘ishlagan inson Abduraim Xomidov 82 yoshida vafot etdi.

Abduraim Homidov 1943-yilda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan va mehnat faoliyatini 1960-yildanoq tumandagi «O‘zbekiston» jamoa xo‘jaligida mexanizatorlikdan boshlagan.

So‘ngra shirkat xo‘jaligi pudratchisi, 2007-yildan uzoq yillar mobaynida «Shahand humo qushi» fermer xo‘jaligi rahbari sifatida samarali mehnat qildi. 2017-yildan beri esa mehnat faxriysi edi.

A.Homidov fermerlik harakatining fidoiy vakili, tashabbuskori sifatida paxtadan yuqori hosil olish bo‘yicha o‘ziga xos namuna maktabini yaratdi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i, 2001-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2004-yilda esa Davlatimizning oliy nishoni - «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan edi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati sifatida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring