«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda) loyihasi ishlab chiqiladi
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda) loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Qonun loyihasi:
- fuqarolik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutadi.
Qonunning qabul qilinishi fuqarolikka kirish va chiqish bilan bog‘liq jarayonni soddalashtirish asosida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura mas’ul ijrochilar etib belgilangan.
Loyiha 2019-yilning may oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi, Qonunchilik palatasida esa 2019-yil iyunida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter