Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV Hirotdagi terrorchilik harakatini qoraladi

O‘zbekiston TIV Hirotdagi terrorchilik harakatini qoraladi

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Hirot shahridagi «Guzargoh» masjidida 2022-yil 2-sentabr kuni juma namozi paytida sodir etilgan hamda tinch aholi orasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakatini qat’iy qoralab chiqdi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. 

«Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring