Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artistining uyidan 600 000 dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

O‘zbekiston xalq artistining uyidan 600 000 dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda.

Malika Ahmedovaning aytishicha, ota-onasidan meros bo‘lib qolgan tilla taqinchoqlar, brilliant va boshqa qimmatbaho toshlarni o‘tgan yilning 28 dekabr kuni uyiga o‘g‘ri tushib, o‘g‘irlab ketgan.

O‘g‘rilar tezda topilgan. Lekin qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. Ularning umumiy qiymati 600 ming dollarga baholangan.

Xalq artisti bu uyushtirilganidan gumonini bildirgan. Chunki o‘g‘rilar Navoiydagi qamoqxonadan chiqqanidan uch-to‘rt kun o‘tib Toshkentga kelgan va Malika Ahmedovaning uyini tunab ketishgan.

Tergovchilar o‘g‘rilar bilmasdan qimmatbaho taqinchoqlarni 250 ming so‘mga sotib yuborishganini aytishgan. Jabrlanuvchi ushbu so‘zlarga ishonmayotganini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring