O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82,7 kishi to‘g‘ri kelyapti
O‘zbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82,7 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2023-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga 81 kishi).
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 864,4 kishi, Andijon viloyatida 796,4 kishi, Farg‘ona viloyatida 606,3 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,8 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etmoqda. Shundan erkaklar soni 18 696,7 ming kishini, ayollar soni 18 437,5 ming kishini, shahar aholisi soni 18 940,4 ming kishini, qishloq aholisi soni 18 193,8 ming kishini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter