O‘zbekistonda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 17.06.2023 04:02 da (16.06.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 23:02 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani. Zilzila koordinatalari: 38,79 gradus shimoliy kenglik; 67,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 299 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Sariosiyo tumanida 4 ball, 8 km.
Denov tumanida 2-3 ball, 52 km.
Shaxrisabz tumanida 2 ball, 65 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 69 km.
Uzun tumanida 2 ball, 76 km.
Kitob tumanida 2 ball, 82 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter