O‘zbekistonda dollar kursi sezilarli darajada pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27-fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan -11,09 so‘mga tushdi va 8171,64 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 97,94 so‘mga tushib, 10060,92 so‘mga yetgan. 1 Rossiya rubli 0,79 so‘mga qimmatlab, 145,89 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter