Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda iyul oyida o‘limlar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda iyul oyida o‘limlar soni ko‘paydi

Foto:TASS

Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil davomida qancha o‘lim holati qayd etilgani bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra iyul oyida nisbatan eng ko‘p, ya’ni 17 ming 369 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Yil boshidan iyul oyigacha 7 oy davomida 92 ming 26 ta o‘lim hisobga olingan. Oylar kesimida tahlil qilsak yanvar oyida - 11 ming 136 ta, fevral - 13 ming 693 ta, mart - 12 ming 633 ta, aprel - 11 ming 613 ta, may - 11 ming 792 ta, iyun - 13 ming 790 ta, iyul - 17 ming 369 ta vafot etganlar qayd qilingan.

Joriy yilda 6 oy davomida qayd etilgan o‘lim soni 2019, 2018-yillardagi 6 oy ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq bo‘lgan. Jumladan, joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 ming 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring