O‘zbekistonda karantin muddati uzaytirildi
O‘zbekistonda 2020 yilning 20 apreligacha belgilangan karantin muddati uzaytirildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.
«Respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi mas’uliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tganligi va «ijtimoiy masofalanish» tamoyiliga amal qilishi aniq samara bermoqda.
Amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarining natijadorligi saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida:
Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz»,-deyiladi axborotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter