Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda kunlar asta-sekin isib boradi

O‘zbekistonda kunlar asta-sekin isib boradi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha sovuq antitsiklon periferiyasining ta’siri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi.

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika hududi bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi notekis bo‘ladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqgacha bo‘ladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi Harorat kechalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqgacha, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4 daraja iliqgacha, yakshanba kuni 5-7 daraja iliqgacha ko‘tariladi. Kechalari 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring