Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda quruq ob-havo davom etadimi? Sinoptiklar ma’lumoti

O‘zbekistonda quruq ob-havo davom etadimi? Sinoptiklar ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 18-20-mart kunlari respublika hududlarida kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.

18-mart kuni tushdan so‘ng respublika markaziy viloyatlariga nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Unda 18-20-mart kunlari janubdan shimolga tomon juda sekin harakatlanuvchi nam havo oqimlari avval janub viloyatlari so‘ngra, Navoiy-Buxoro, Samarqand, 19-mart kuni Jizzax va keyinroq Toshkent va Jizzax viloyatiga harakatlanish tamoili bilan qo‘shni Qozog‘istonga chiqib ketadi.

Havo oqimlari harakat yo‘lida joylarga biroz va o‘rta miqdorda yog‘in beradi. Yog‘in ayrim hududlarda jala ko‘rinishda yog‘ib o‘tishi ham mumkin.

Mazkur nam havo oqimlari vodiy va shimoliy viloyatlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring