O‘zbekistonlik bir guruh olimlar AQSh universitetlarida bo‘lishdi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti olimlari tomonidan joriy yilda Jahon bankining 2 yilga mo‘ljallangan «Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish» mavzusida granti qo‘lga kiritilgan edi.
Mazkur grant doirasida AQSh universitetlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida, institutning bir guruh olimlari AQShning Missisipi shtati universiteti, Oklaxoma shtati universiteti, Kaliforniya shtatidagi Devis universiteti, Michigan shtati universiteti, Jorjiya texnologiyalar universitetlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida 2019-2020-o‘quv yilida qo‘shma shtatlarning bir nechta universitetlari bilan ikki tomonlama diplom berish magistratura mutaxassisliklari, ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini olib borish hamda talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuv bitimlari imzolandi.
Jumladan, Missisipi shtati universiteti bilan Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi (PrecisionAgriculturye) va Qishloq xo‘jaligi biznesi (Agricultural Business) qo‘shma magistratura bo‘yicha hamkorlikda o‘quv me’yoriy hujjatlari hamkorlikda tayyorlandi va fakultet kengashi tomonidan ma’qullandi.
Qishloq xo‘jaligi va biologik injenerlar fakulteti dekani Jorj Hopper (Dr. George Hopper) va fakultet kengashi a’zolari bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Missisipi shtati universiteti hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Missisipi shtati universitetining ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektori Ruben Mur (Dr. Reuben Moore) bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda olimlarning ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini hamkorlikda olib borish bo‘yicha muhokama qilindi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining o‘quv ishlari prorektori Bahodir Mirzayev va Missisipi shtati universiteti prezidenti Judi Bonner (Judy Bonner) o‘rtasida tomonlarning uzoq yillarga mo‘ljallangan keng qamrovli istiqbolli hamkorlik ishlari bo‘yicha kelishuv bitimini imzolandi.
Kelishuv bitimi qo‘shma dastur asosida tayyorlanadigan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti magistrantlari Missisipi shtati universitetining barcha imtiyozlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Oklaxoma shtati universiteti bilan Xalqaro qishloq xo‘jaligi (International Agriculture), Aqlli qishloq xo‘jaligi (Smart Agriculture) qo‘shma magistratura bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash hamda Oklaxoma shtati universiteti talabalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida amaliyotini o‘tkazishga kelishildi.
Kaliforniya shtati Devis universiteti bilan hamkorlikda Suv resurslarini boshqarish (Water Resource Management) qo‘shma magistratura va PhD doktorantura bo‘yicha ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash kelishuviga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab AQShning Michigan shtati Universiteti bilan «Suv sifatini boshqarish» hamda «Smart datchiklar va texnologiyalar» ikki tomonlanma diplom berish magistratura mutaxassisligi ta’lim qo‘shma dasturi buyicha hamkorlikda kadrlarni tayyorlash yo‘lga quyilgan edi.
Rahimboy Jumaniyozov,
institut matbuot kotibi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter