Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi. 12 kishi shifoxonada

O‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi. 12 kishi shifoxonada

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida salonida ellikka yaqin kishi bo‘lgan avtobus yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Mamlakat IIVning xabar berishicha, joriy yil 27-avgust kuni soat mahalliy vaqt bilan taxminan 07:18 da Tulkibas tumani IIB navbatchilik qismiga YTH haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan militsiya xodimlari Shakpak qishlog‘i yaqinidagi 601-kilometr chorrahasida avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketganini aniqlagan.

Tekshiruv davomida avtobus O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan 12 ga yaqin kishi eng yaqin shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismi bilan qayd etilgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv tayinlangan.

Voqea joyida Tulkibas tumani IIB tergovchilari ish olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring