Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

2023-yil 1-iyul holatiga davlat qarzi 31,5 mlrd AQSh dollar (tashqi qarzi – 25,9 mlrd dollar, ichki qarzi – 5,6 mlrd dollar)ni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni (davlat tashqi qarzi – 30,2 foiz) tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2020-yilda 39 foizni, 2021-yilda 38 foizni, 2022-yilda esa 36,4 foizni tashkil etgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishlab chiqqan O‘zbekistonning 2024-yil uchun Budjetnomasida ta’kidlanishicha, bu mamlakat iqtisodiyoti davlat qarzi o‘sish sur’atidan yuqoriroq sur’atlarda o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa yillik hisobotida O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘’tadil” deya baholagan.

Davlat tashqi qarzi kreditorlar kesimida, joriy yil 1-iyul holatiga:

  • Xitoy – 3,8 mlrd dollar;
  • Yaponiya – 2,1 mlrd dollar;
  • Janubiy Koreya – 0,9 mlrd dollar;
  • Fransiya – 0,7 mlrd dollar;
  • Rossiya – 0,6 mlrd dollar;
  • Boshqa davlatlar – 0,8 mlrd dollar.

Xalqaro moliya tashkilotlari kesimida esa O‘zbekiston: Jahon bankidan – 5,6 mlrd dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan – 6,2 mlrd dollar, Islom taraqqiyot bankidan – 0,9 mlrd dollar va boshqa tashkilotlardan – 1,5 mlrd dollar miqdorida qarz olgan.  

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2024-yilda 37,0 foizni, 2025-yilda 37,4 foizni, 2026-yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunda, davlat tashqi qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati o‘rtacha 30 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring