«O‘zbektelekom» kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi

Yangi direktorni kompaniya umumiy majlisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev tanishtirdi, deb xabar berdi «Sputnik».
«O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktorligiga Farhod Ro‘ziyev tayinlangan. U Shuhrat Qodirovning o‘rnini egallagan.
Farhod Ro‘ziyev bunga qadar «Sarkor Telecom» kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, AQShning «Winncom Technologies» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasida ishlagan. U 2011-yilda O‘zbekistondagi internet-provayder — «Uzonline» loyihasining yaratuvchilardan biri bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter