Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»: Issiq yozdan so‘ng birinchi kuzgi sovuq kelmoqda

«O‘zgidromet»: Issiq yozdan so‘ng birinchi kuzgi sovuq kelmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Respublikaning g‘arbiy hududlari bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Shanba va yakshanba kunlari havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirida kuzgi salqin sifatida o‘zini namoyon etadi.

11-sentabrda osmonda kuzgi bulutlar paydo bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

11-12-sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Front kirib kelishida 10-11-sentabr kunlari shamol 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi, shanba kuni Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

Respublika hududining katta qismida havo harorati tushib, yakshanba kuniga kelib kunduz kungi harorat 23-28 darajagacha pasayadi.

Dushanba kuniga kelib tungi harorat o‘zining minimumiga yetadi, bunda termometr ko‘rsatkichi 10-13 daradagacha tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring