Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» tennis rivojiga hissa qo‘shmoqda — sportchimiz Qozog‘istondagi turnirda g‘olib chiqdi

«O‘zmilliybank» tennis rivojiga hissa qo‘shmoqda — sportchimiz Qozog‘istondagi turnirda g‘olib chiqdi

Dunyoda ko‘plab rivojlangan sport turlari mavjud — futbol, ​​xokkey, voleybol, basketbol. Ular qatorida tennis ham bor. Masalan, Rafayel Nadal, Rojer Federer va Novak Jokovich ishtirokidagi bahslar atrofidagi shovqin futboldagidan kam bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ham tennisga qiziqish katta.

Har qanday sport turining rivojlanishi unga qanchalik e’tibor qaratilayotganiga bog‘liq. Tennis — butun dunyoda sevimli o‘yin. Ayni paytda mamlakatimizda ushbu sport turi jadal rivojlanib bormoqda va bu borada «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJning hissasi katta bo‘lmoqda.

Kuni kecha Qozog‘istonda ITF World tennis tour Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi NUR-SULTAN M25 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnir har yili iyul oyi o‘rtalarida Qozog‘iston tennis federatsiyasi tomonidan Nur-Sulton shahrida o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqaning finalida o‘zbekistonlik Sergey Fomin qozog‘istonlik sportchi — Beybit Jukayev bilan kuch sinashdi va uni 6:4 2:6 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Tennischilarimiz xalqaro turnirlarda yuqori natijalarni ko‘rsatayotganidan faxrlanamiz.

Sergey Fominni tabriklaymiz!

O‘zbekiston tennis federatsiyasi O‘zmilliybank bilan hamkorlikda bundan buyon ham mamlakatimizda tennisni rivojlantirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun: Sergey Fomin (02.01.2001) — O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi. Ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori. Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U joriy yilni yakkalik bahslarida dunyoning eng kuchli tennischilari reytingida 689, juftlik bahslarida 626-o‘rin bilan boshladi. Xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng 2022 yil 18 iyul kuni Sergey dunyoning eng kuchli tennischilari reytingida 407-o‘rinni egalladi.

Sergey Fomin 2022 yilning mart oyida mamlakat terma jamoasi safida Devis kubogi turnirida Turkiya jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bahslarda u Sanjar Fayziyev bilan juftlikda terma jamoaga ochko keltirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring