O‘zMUda Qozon Federal universitetining ofisi ochildi
Joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari Qozon Federal universiteti (QFU) rektori professor Ilshat Rafkatovich Gafurovning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 28 sentyabr kuni universitet rahbariyati va Qozon federal universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki OTM mas’ullari tomonidan o‘z universitetlari haqida ma’lumot berildi.
O‘zMUning AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Isroil kabi bir qator davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani ta’kidlandi.
O‘z navbatida Qozon federal universiteti vakillari ham universitetning rivojlanish bosqichlari, fakultetlari, xalqaro hamkorligi, 2035 yilgacha mo‘ljallangan strategik yo‘li haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zMU va QFU o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng QFUning O‘zbekiston Milliy universitetidagi ofisi tantanali ravishda ochildi.
Mazkur ofisda Rossiyada o‘qishni istovchi yoshlarga maslahat va yo‘llanmalar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter