Pandemiya boshlangandan beri eng ko‘p kasallanish qayd etilgan kun ma’lum bo‘ldi

JSST o‘tgan bir kecha-kunduzda COVID-19 bilan bog‘liq 106 mingta yangi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Bu pandemiya boshlangandan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir, dedi chorshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«O‘tgan 24 soat ichida 106 mingta yangi holat qayd etildi. Bu pandemiya boshlangandan beri bir kunda qayd etilgan eng katta raqamdir. Qariyb uchdan ikki qismi to‘rtta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi», — dedi u.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, JSST, shuningdek, aholi daromadi o‘rtacha va past bo‘lgan mamlakatlarda COVID-19 holati o‘sishidan xavotirda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter