Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polyak sayyoramizdagi eng sovuq joyni velosipedda zabt etmoqchi

Polyak sayyoramizdagi eng sovuq joyni velosipedda zabt etmoqchi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Polshalik velosipedchi Yoqutistonda shaxsiy rekord o‘rnatish niyatida — qishda issiq joyda tunash uchun to‘xtamasdan respublika bo‘ylab 1000 km masofani bosib o‘tmoqchi, deb xabar berdi «REGNUM» muxbiri.

Polyak Valeryan Romanovskiy o‘zining bu rekordi bilan inson organizmi imkoniyatlari cheksizligini isbotlamoqchi. U sovuq haroratda uzoq vaqt qolish bo‘yicha allaqachon rekordlar o‘rnatgan. Ulardan biri 2017-yilda Oymakonda ikki kunlik velosipedda sayr qilish bo‘lgan.

— Biz Yuqutistondagi eng sovuq joy, Oymakon qishlog‘iga boramiz. Mening rejam u yerdan Yakutskka velosipedda borish va Kolima yo‘li bo‘ylab orqaga qaytishdan iborat. Men bu masofani o‘zgalarning ko‘magisiz, binolardan foydalanmasdan bosib o‘tishni xohlayman, — deydi Valeryan Romanovskiy.

Sportchi 5-6 kecha-kunduzni yo‘lda o‘ktazishni rejalashtirmoqda. Yanvarda u boradigan Yoqutistonda chamasi 50 daraja sovuq bo‘ladi.

— Loyihamiz nafaqat sport, balki qiyin sharoitlarda ham omon qolishga qaratilgan. Jismoniy yuklamadan tashqari men bu sharoitlarni yengib o‘tishimga to‘g‘ri keladi. Menda hech qanday oziq-ovqat, issiq ichimlik bo‘lmaydi. Hammasini sovuq holida iste’mol qilaman, — deydi velosipedchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring