Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Prava»si olib qo‘yilganlarning avtomobil boshqarganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti

«Prava»si olib qo‘yilganlarning avtomobil boshqarganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti

Senatning uchinchi yalpi majlisida yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga doir Qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslarning transport vositalarini boshqarib yurganlik holati o‘tgan yili 9 669 tani (2023-yilda 5000 ta) tashkil qilgan.

2024-yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar tomonidan sodir etilgan 405 ta YTHda 94 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 

Mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi – 261-2 moddasi kiritilib, unga ko‘ra transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi shu huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring