Prezident dolzarb masalada selektor o‘tkazadi
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident avval hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor o‘tkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter