Navbat Yashnobodga! Prezident harbiylar uchun qurilayotgan uylarni borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani «Olmos» mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.
1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar-joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. O‘ziga xos harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’yektlar barpo etiladi.
Davlat rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter