Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hokim yordamchilarining vakolatlari haqida gapirdi

Prezident hokim yordamchilarining vakolatlari haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida hokim yordamchilari – prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanishi aytildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda hokim yordamchilari, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish va o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishi lozim.

Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trillion so‘m subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 milliard so‘m).

«Ularning asosiy vazifasi – o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish,  kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirishdan iborat.

Buning uchun, hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi» lozim.

Hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak», – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilishda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring