Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirishga doir yig‘ilish boshlandi

Prezident Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirishga doir yig‘ilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Qayd etilishicha, to‘rt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmas edi.

– Shu davrda aholimiz 3,7 millionga ko‘paydi, kambag‘allik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirildi.

Bunga qaramasdan, 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023 yil yakuni bilan kambag‘allikni 11 foizga pasaytirishga erishildi.

Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), o‘tgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion so‘m ajratildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paytirildi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring