Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori e’lon qilindi

Prezident qarori e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF–6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida:

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qishloqlar (mahallalar) ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:

olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda joylashganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga aholi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni;

aholi va tadbirkorlarda o‘zlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) qishloq (mahalla) hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarning mavjudligi;

«Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomiga egaligi.

Dasturlarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:

mazkur qarorning 1-bandi «a» kichik bandida belgilangan mezonlar asosida har bir tuman va shahardan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan jami 397 ta qishloq va mahalla tanlab olinganligi;

yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Dasturlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari orqali «Obod qishloq» va «Obod mahalla» jamg‘armalariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan jami 1 trillion so‘mgacha mablag‘lar;

Dasturlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan joriy yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan bosqichma-bosqich 1 trillion so‘mgacha budjet ssudasi mablag‘lari ajratilishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring