Prezident saudiyalik vazir bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Kun tartibidan energetika, kimyo tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, bank, turizm va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.
Davlatimiz rahbari Saudiya kompaniyalarining ustuvor mintaqaviy loyihalarni ilgari surishda ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter