Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

Prezident tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari ishtirokida bu yerda to‘qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.  Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoshlarini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

Shu yerda yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring