Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Sunatulla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Laziz Shavkatovich Kudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuhrat Abdusharifovich Vafayev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shuhrat Vafayevga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgan.

Badriddin Nurutdinovich Abidov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi orqali tashkil etilib, unga «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov  tayinlangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring