Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning suv bo‘yicha qarori qabul qilindi

Prezidentning suv bo‘yicha qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi

«Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–47-son, 05.02.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

2027-yildan har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanadi:

- suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan sug‘oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda hisoblanadi;

- suv bilan barqaror ta’minlangan hududda joylashgan sug‘oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

 2027-yildan sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismi hamda baliqchilik xo‘jaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlar o‘z mablag‘laridan «aqlli» suv o‘lchash va hisoblash vositalarini o‘rnatishi majburiy etib belgilanadi. 

Bunda «aqlli» suv o‘lchash va hisoblash vositalari o‘rnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring