Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekistonda imom Moturidiyning 1100 yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori e’lon qilindi.

Qaror Imom Abu Mansur  Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish, moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘’tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida imzolangan. 

Ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini allomaning islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlanadi. Jumladan:

(a) 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;

(b) xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;

(v) Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish;

(g) Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;

(d) Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratish;

(ye) Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yo‘nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma va nashr nusxalari hamda kitoblari ko‘rgazmasini tashkil etish;

(j) Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda 2025 yil may va oktyabr oylarida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring