Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Professor Temurjon Otaqo‘ziyev vafot etdi

Professor Temurjon Otaqo‘ziyev vafot etdi

Foto:«Gazeta.uz»

Toshkentda 2-iyul kuni texnika fanlari doktori, professor, silikatli qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi va noorganik moddalar texnologiyasi sohasidagi taniqli olim Temurjon Otaqo‘ziyev 85 yoshida vafot etdi.

Temurjon Otaqo‘ziyev O‘rta Osiyo politexnika institutining kimyo-texnologiya fakulteti va O‘zSSR Fanlar akademiyasi Kimyo institutida aspiranturani tamomlagan. 

So‘nggi yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida professor bo‘lib ishlayotgan edi. Temurjon Otaqo‘ziyev qator afzalliklari bilan ajralib turadigan yangi sement turini yaratishga qo‘shgan mehnati bilan mashhur.

Uning tadqiqot yo‘nalishlaridan biri sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilishga qaratilgan edi. Xususan, u qurilish materiallari — sement, gidravlik qo‘shimchalar va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda fosfor gipsni utilizatsiya qilishning optimal variantini topgan.

Temurjon Otaqo‘ziyev — 1000 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi sanaladi.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring