Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«PSJ» UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

«PSJ» UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Championat.com

«Pari Sen-Jermen» o‘z tarixida birinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Fransuz jamoasi Angliyaning «Tottenhem» klubidan ustun keldi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida tugadi, penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq tepishdi — 4:3.

«Tottenhem» asosiy vaqt tugashiga besh daqiqa qolganida Mikki van de Ven (39-daqiqa) va Kristian Romero (48-daqiqa)ning gollari hisobiga 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. O‘yin oxirida «PSJ» muvozanatni tiklay oldi: gollarni Li Kan In (85-daqiqa) va Gonsalu Ramush (90+) kiritdi.

O‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal etildi. «PSJ»dan Gonsalu Ramush, Usmon Dembele, Li Kan In va Nuno Mendesh aniq zarba yo‘lladi, Vitinya xatoga yo‘l qo‘ydi. Londonliklarning o‘n bir metrliklarini Dominik Solanke, Rodrigo Bentankur va Pedru Porru aniq amalga oshirdi, Mikki van de Venning zarbasini Lukas Shevale qaytardi, Matis Tel yo‘llagan zarba darvoza yonida o‘tib ketdi.

Ushbu sovrin «PSJ» tarixidagi ilk UEFA Superkubogidir, umuman, Fransiyadagi bironta jamoa bu turnirda shu paytgacha g‘alaba qozonmagan.

Usmon Dembele o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

UEFA Superkubogi

PSJ — Tottenhem 2:2 (pen: 4:3 )

Gollar: In 85, Ramush 90+4 — Van de Ven 39, Romero 48

PSJ: Shevale, Hakimi, Markinios, Pacho, Mendesh, Zair-Emeri (Li Kan In, 68), Vitinya, Due (Ramush, 77), Barkolya, Dembele, Xvicha (Ruis, 60)

Tottenhem: Vikario, Porro, Romero, Danso, Van de Ven, Paliniya, Bentakur, Sarr, Qudus (Tel, 79), Risharlison (Solanke, 72), Spens.

Ogohlantirishlar: Barkolya 55, Pacho 58, Dembele 90 — Risharlison 53, Danso 62.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring